Kerakli mahsulotlar:

Tozalangan g‘oz go‘shti – 2-3 kg

Nordon olmalar – 3 dona

Qora olxo‘ri – 200-300 gr

Achitilgan karam – 1,5 kg

Suz va murch – ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

Dastlab g‘oz yaxshilab tozalanadi. Shundan so‘ngra g‘oz ko‘shtiga tuz va murch bilan ishlov beriladi. Olmalar yuvilib, 4 ga bo‘linadi. O‘zagi olib tashlanadi. Olxo‘ri yuvilib, olma bilan aralashtiriladi. Olmali va qora olxo‘rili aralashmani g‘ozning qorniga joylashtirib, dag‘al ip bilan tikib chiqiladi. G‘ozning qanotlari kuyib ketmasligi uchun belining orqasiga qayirib qo‘yishni unutmang.

Endi cho‘ziq qozonni olib, unga qiyma solingan g‘oz tanasini joylashtiriladi (qorni tepaga bo‘lgan holatda), atrofi karam bilan o‘rab chiqiladi. G‘ozni gaz pechiga qo‘yishdan avval uni 180 haroratda qizdirib olish zarur. G‘ozni pishirish jarayonida yog‘ oqib chiqadi, u esa karamga shimiladi. G‘ozning ustiga ochiq bo‘lsa, u haddan tashqari qovurilib ketadi, shu sababli uni folga qog‘oz bilan o‘rab qo‘yish kerak.

Tayyorlash vaqti 2 soatdan 6 soatgacha qadar cho‘ziladi. G‘oz go‘shtining pishganini tekshirish uchun spitsa yoki maxsus ninada tekshirsa bo‘ladi.

ULASHISH