Fransiya prezidenti Frantsua Olland 2017 yilda ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo’ymasligini va davlat rahbari lavozimini tark etishini aytdi. Bu haqda AFP xabar bermoqda

Eslatib o’tamiz, Fransiya prezidenti saylovlari 2017 yil bahorida bo’lib o’tadi.

«Men prezidentlikka nomzod bo’lmaslikka qaror qildim», deb aytgan Olland Yelisey saroyidan murojaatida.

Olland murojaatida 2012 yildagi saylov oldidan bergan va`dalarini amalga oshirish uchun barcha ishni qilganini aytdi. Biroq, uning aytishicha, bu va`dalardan ba`zilarini amalga oshirishda xatoliklarga yo’l qo’yilgan.

Ollandning aytishicha, uning Sotsialistlar partiyasidan saylovlarga nomzodining qo’yilishi qanday salbiy oqibatga olib kelishini anglaydi.

Sotsialistlar partiyasining praymerizi 22 va 29 yanvarda o’tkazilishi belgilangan. Oxirgi oylarda Ollandning reytingi rekord darajada past bo’lmoqda.

Avvalroq Olland shov-shuvli ishning figurantiga aylangandi. Fransiya Milliy yig’ilishining «Respublikachilar» muxolif partiyasi deputati Erik Sotti Ollandni «davlat sirini ochiqcha va xavfli oshkor qilishda» ayblagandi. Bu holatning tergov qilinishiga Parij prokuraturasi jalb qilingan.

Fransiyadagi mojaro avgust oxirida Mond nashri jurnalistlari 2013 yilda Olland bilan suhbatlardan biridan keyin ularning qo’liga Suriyadagi harbiy operatsiyalar haqida maxfiy hujjatlar tushib qolganini eslatib o’tishgandan keyin avj olgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH