Va nihoyat insoniyat Yerdagi eng sirli yer — yuzlab kema va samolyotlar tushunarsiz tarzda g‘oyib bo‘lgan Bermud uchburchagining sirini fosh qilishga yaqinlashgan ko‘rinadi. Bu haqda AdMe xabar berdi.

bermud

Bu haqdagi reportaj ilk bor Science Channel telekanalida namoyish etildi. Amerikaning Kolorado shtati universiteti olimlari hududning sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarida noodatiy geksagonal, oddiyroq qilib aytganda oltiburchakli bulutlarni aniqladi. Ularning harakatlanish xarakterini meteorologlar aviabomba bilan taqqosladi.

Ular tezligi soatiga 274 kilometrga yetishga qodir kuchli havo oqimining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Kuchli bo‘ronning kuchiga teng bunday “shamol” havoni “portlatib”, okeanda 15 metrlik to‘lqinlarni yuzaga keltiradi.

bulutlar

Hech bir kema bunday bo‘ronga, samolyot esa bunday shamolga dosh bera olmaydi. Odatda bulutlar bunday bir tekis geometrik shakl hosil qila olmaydi. Biroq Bermud uchburchagi istisno bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi nazariya e’lon qilingandan so‘ng butun dunyo olimlari bunday anomaliyaning shakllanishiga aynan nima sabab bo‘lishini aniqlashga urinmoqda.

uchburchak

Eslatib o‘tamiz, Bermud uchburchagi Atlantika okeanida Florida, Bermud orollari va Puerto-Riko o‘rtasida joylashgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH