Insult – miyadagi qon aylanishining to‘satdan buzilishidir. Insonning tug‘ilgan sanasi va insultga uchrashi orasida aloqa mavjud ekan. AQSHning Nyu-Jersi shtati universiteti olimlari shunday xulosaga keldilar. Bu haqda vm.ru xabar berdi.

Tadqiqotchilar turli yoshdagi insonlar salomatligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi va 1964-1974 yillarda tug‘ilgan insonlarda insultga uchrash ehtimoli 1945-1955 yillarda tug‘ilganlardan ko‘ra kam ekanligini aniqlashdi.

Ilmiy ish davomida 1995-2015 yillar orasida qayd etilgan 225 ming insult holati analiz qilib chiqildi.

«Bundan tashqari olimlar oxirgi o‘n yillikda insult o‘rta yoshdagi va undan yosh insonlarda ko‘p kuzatilayotganiga e’tibor qaratdilar”, — deb yozadi MedDaily.

«Insultning 35-50 yoshdagi, o‘rta yoshli insonlarda ko‘p uchrashi — hammani ogohlikka chaqiruvchi signaldir”, — deydi mutaxassislar. Ularning fikricha insultning bunchalar “yosharib ketishi” bir necha omillarga bog‘liq. Ulardan biri ko‘pchilikning shifokor maslahatlariga amal qilmay, ularga buyurilgan davo muolajalarini olmasligidir. Shu bilan birga hozirgi kunda ko‘plab insonlar yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaruvchi diabet va semizlikdan aziyat chekmoqda. Bu ham ularning insultga yo‘liqish ehtimolini oshiradi.

ULASHISH