Buyuk Britaniyalik bir guruh olimlar o‘zlarining Arizona universitetidan bo‘lgan hamkasblari bilan birgalikda o‘lim sanasini aniqlash usulini topdilar. Tadqiqot davomida mutaxassislar odamda onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlashga imkon beruvchi maxsus qon markerini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar.

Yangi usul sharofati bilan oddiy qon tahlili orqali yaqin besh yildagi bevaqt o‘lim ehtimolini hisoblab chiqish mumkin bo‘ldi. Olimlar qon tarkibiga kiruvchi maxsus ferment (IL-6) ba’zi kasalliklarni ular belgilari paydo bo‘lgunga qadar aniqlash imkonini berishini aytishmoqda.

Mutaxassislar bunday tadqiqotni odam qon tizimida nordon protein mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlashdi. Shundagina shifokorlar bemorning yaqin yillarda salomatligida bo‘ladigan har qanday muammoni oldindan aytib berish imkoniga ega bo‘ladilar.

ULASHISH