AQSh, Avstraliya va Germaniyaning bir guruh olimlari «o`zga sayyoralik»larlarning eng aniq va tez signalini qayd etdilar — deb xabar beradi EurekAlert nashri.
Kuchli yaxlit radioimpuls bir necha millisekund davom etdi. Astrofiziklar uning kelib chiqish hududi VHS7 galaktikasi ekanini aniqladilar. Bundan tashqari ular signal to`lqining uzunligini va radioto`lqinning qutblanish darajasini aniqlash imkoniyatiga ega bo`ldilar. Bu mutaxassislarga Yer va yulduzlar tizimi o’rtasidagi magnit maydonini turli variantlarda o’lchash imkonini berdi.

«O`zga sayyoralik»lardan bunday signal birinchi marta 2001 yilda qayd etilgan edi. Uning tahliliga 6 yil vaqt ketdi. Shundan beri yana 10 signal aniqlangan. Olimlarnig fikriga ko`ra signallarning ikki manbasi bo`lishi mumkin: neytron yulduz yoki o`zga bir sivilizatsiya.
Bunday radioportlashlar o`zining radiodiapazonidan milliard marotaba ortiq energiyali gamma-portlashlarni keltirib chiqaradi. Agar bunday portlash Yer yaqinida yuz berganda, sayyorada hayot vayron bo`lgan bo`lar edi.

ULASHISH