Fransiyalik iqlimshunoslar Yevropa janubidagi kurort hududlar sahroga aylanishini prognoz qildi. Shunga bag‘ishlangan tadqiqot Science jurnalida chop etildi, deb yozadi Nature News.

Yevropa janubi, xususan, Lissabon (Portugaliya) va Sevilya (Ispaniya), olimlar fikriga ko‘ra, keng sahroning bir qismiga aylanadi. Bu global isish oqibatida XXI asr oxirlarida sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Olimlarning prognozlari global isishning hozirgi sur’ati saqlanib qolgan taqdirda rost chiqadi. Bu holda Yevropa janubidagi o‘rmonlar, mutaxassislar taxminiga ko‘ra, shimolga va tog‘larga qarab siljiydi, ularning o‘rniga esa butazorlar keladi. Aks holda esa, agar hududdagi o‘rtacha yillik haroratlar Selsiy bo‘yicha 1,5 darajadan ortiq ko‘tarilmasa, hududdagi ekotizim saqlanib qoladi.

Shu bilan birga, olimlar bunga o‘xshash holatlar AQSh janubi-g‘arbida ham kuzatilishini ta’kidlamoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH