Amerikalik psixologlar ota-onalarga bolalaridan Santa Klaus mavjud emasligi haqidagi haqiqatni yashirmaslikni maslahat berishmoqda. Ular o‘tkazgan tadqiqot natijalari Lancet Psychiatryda e’lon qilindi. Bu haqda news.mail.ru xabar berdi.

Psixologlarning fikricha Santa Klaus haqidagi yolg‘on bolalarga yomon ta’sir qilishi mumkin. Bu yolg‘onni bugungacha yashab kelish sabablaridan biri esa ota-onalarning o‘zlari bolalikka qaytish niyatida bu yolg‘onga ishonishlaridir.

Bolalar Shimoliy qutbda yashovchi va odamlarning yil davomida o‘zlarini tutib yurishlarini baholovchi rojdestvo sehrgari mavjud emasligini bilishgach, bu ularni qiyin ruhiy vaziyatga solib qo‘yadi deb hisoblashmoqda olimlar.

ULASHISH