AQSHlik tadqiqotchilar Android foydalanuvchilari iPhone foydalanuvchilaridan ko‘ra kamtar degan xulosaga keldilar. Bu haqda vm.ru xabar berdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra Apple ning iPhone smartfoni egalari ko‘p hollarda nokamtar odamlar ekan. Bu smartfon egalari aksariyat hollarda o‘zining ijtimoiy holatini har qanday usullar, shu jumladan “olmali” devays orqali ham boshqalarga bildirishni istaydigan ekstravertlar ekan.

Android-smartfon foydalanuvchilari esa ko‘proq kamtarliklari va iltifotliliklari bilan ajralib turishadi. Ular orasida erkaklar va katta yoshdagi insonlar ko‘proq uchraydi. Apple smartfonlarining asosiy auditoriyasini esa qiz va ayollar tashkil qiladi, — deb yozadi Daily Mail.

ULASHISH