Olimlar 2030 yilda Yer aholisini kichik muzlik davri kutayotgani haqida ma`lum qilishdi. 

Bunday tahminni britaniyalik Nortumbriya universiteti mutaxassislari aytishdi.

Ularning ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi vaqtda Quyosh faolligi pasaygan. Ular hisob-kitob qilishdi, ular asosida 2020 yilda Quyosh faolligining 24-faollik davri yakunlanadi va uning o`rniga sokinlik davri boshlanib, u muzlik davri deb ataladi.

Bunday hodisa bilan Erliklar 17 asr o`rtalari 18 asr boshlarida to`qnashgan.

O`sha davrda sayyoramiz harorati 1,3 darajaga tushgan, bu esa katta hosil yo`qolishiga va ocharchilikka olib kelgan. Yangi muzlik davri qanchalik davomli bo`lishi hozircha noma`lum.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH