Somon yo‘li galaktikasi markazida qora tuynuk emas, balki to‘q rangli materiyadan iborat gigant obyekt joylashgan bo‘lishi mumkin. Yadro izlanishlari instituti olimi Sergey Troitskiy shunday taxmin qilmoqda, — deb xabar beradi mir24.tv.

Hozirgi kunda galaktika markazi massasi Quyosh massasining to‘rt million barobariga teng obyekt mavjud deb hisoblanadi. Astrofiziklar uni qora tuynuk deb atashadi.

Qora tuynuk qorong‘u makon atrofidagi yorqin halqa sifatida ko‘rinadi. Hozircha radioto‘lqinlar orqali o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, olam markazi bu — hajmi kutilganidan kamroq bo‘lgan cho‘zilgan dog‘ bo‘lib ko‘rinuvchi obyektdir.

Troitskiyning fikricha Somon yo‘lining markazida qora tuynuk emas, balki to‘q rangli materiyadan iborat, o‘zidan boshqa oddiy tarkibli obyektlar, shu jumladan radio-axborot manbai bo‘lib xizmat qila oladigan obyektlarni o‘tkaza oladigan Q-shar mavjud bo‘lishi mumkin.

Avvalroq olimlar Somon yo‘li galaktikasida markazdan 200 yorug‘lik yil uzoqlikdagi ikkinchi qora tuynukni kashf etishgan edi. Bu qora tuynukning hajmi 0,3 yorug‘lik yiliga, massasi o‘n ming Quyosh massasiga tengdir.

ULASHISH