Bu hatto kichkintoylarga ham mumkin bo‘ladi!

Kerakli mahsulotlar:

Sut – 160 ml
Quruq xamirturush – 1 choy qoshiq

Tuxum – 2 dona (sarig‘i pirog ustini surishga olib qo‘yiladi)

Sariyog‘ – 40 gr

Shakar – 1/3 stakan

Un – 420-450 gr

Vanilin

Klyukva jeymi – 100 ml

Limon jeymi – 100 ml

Kraxmal – 2 choy qoshiq

Tuz – bir chimdim

Tayyorlanishi:

Xamirturush iliq sutda eritiladi, ko‘pchishi uchun 10 daqiqaga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra shakar, sariyog‘, tuz, vanilin va 1 dona tuxum va 2 chi tuxumning oqi qo‘shiladi. Bir ozgina elakdan o‘tkazilgan un qo‘shilib, yumshoq xamir qoriladi. Tog‘orachaga solib, plyonka yopiladi, iliq joyga qo‘yiladi. Xamir 2 baravar oshishi kerak. Bir soatdan keyin xamir mushtlanib, yana 40-50 daqiqaga qo‘yib qo‘yiladi. Xamir 2-3 baravar ko‘tarilgach, mushtlab, orasidagi havo pufakchalari chiqarib yuboriladi. Xamir ikki 2 qismga bo‘linadi, 5-7 mm qalinlikdagi 2 ta to‘g‘riburchak o‘qlovlanib, yoziladi.

Ko‘z bilan chamalab, xamir uzunasiga 3 ta teng qismlarga bo‘linadi, chetlaridagi qismlari 8-10 kesimlar hosil qilinadi. To‘g‘riburchakning o‘rtasiga birozgina kraxmal sepiladi (nachinkasi yoyilib ketmasligi uchun). Bitta to‘g‘riburchakning o‘rtasiga klyukvali jeymdan, ikkinchisiga esa limonli jeymdan hoshiya qilinadi. Jeym ustiga yana kraxmal sepiladi. O‘rama to‘qiladi, pirog usti tuxum sarig‘i surtiladi. Ustiga mak yoki kunjut sepiladi. Gaz pechida 180 gradus haroratida 20-30 daqiqa davomida pishguncha pishiriladi.

ULASHISH