Kun davomida har xil fe`lli odamlar bilan ko`rishamiz, muloqotda bo`lamiz. Ammo ularning hammasi bilan ham til topisha olmaymiz. Quyida berilgan tavsiyalarimiz har qanday qiyin vaziyatlarda va og`ir fe`l-atvorli odamlar bilan chiqishib ketishda asqotsa ajabmas.

1. Suhbatni do`stona ohangda boshlang.
2. Unutmang, insonning ismi – u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir.
3. Odamlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo`ling.
4. Suhbatdoshingizga chin dildan qiziqing!
5. Eng yaxshi tinglovchi bo`ling! Boshqalarga ko`proq o`zlari to`g`risida gapirishlariga imkoniyat bering.
6. Tortishuvlar paytida ma`naviy baland bo`lishning yagona yo`li, bu — tortishuvdan voz kechishdir.
7. Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat bilan qarang. Odamlarga hech qachon “Nohaqsan” demang.
8. Agar siz nohaq bo`lsangiz, tez va keskin tan oling.
9. Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o`ziniki hisoblasin.
10. Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang.
11. Boshqalarning fikri va xohishlariga ta`sirchan bo`ling.
12. Odamga ma`naviy quvvat beruvchi gaplardan so`zlang.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH