Odam miyasi shovqinga atrofdagi ovozlar balandligini rostlagan holda tezda moslashishi mumkin ekan. Avstraliyaning Makkuori universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi, — deb xabar beradi mir24.tv. Ular tadqiqot natijalarini Nature Communications jurnalida e’lon qilishdi.

Mutaxassislar xuddi odam kabi eshitish apparati va bosh miyasi uzviy bo‘g‘langan dengiz cho‘chqalarida tajriba o‘tkazishdi. Tajriba davomida eshitish neyronlari bir xil xarakterdagi ovoz muhitiga osonlikcha moslashishi aniqlandi. Bunda meta-adaptatsiya (moslashish) jarayoni o‘zining tezlashish unsuriga ega, odam turli ovozlar majmuyini qancha ko‘p eshitsa, unga shunchalik tez moslashadi.

Tadqiqotga ko‘ra odamlar bir necha soniya davomida notanish ovozni tahlil qiladi va uni unutadi. Shuning uchun odamlar har kuni eshitadigan, masalan ko‘chadagi shovqinga ular miyasi shunchaki e’tibor bermaydi.

ULASHISH