Odam ichagida undan kuchli antibiotik ajratib olish mumkin bo‘lgan modda mavjud ekan. Buni Nyu York shahridagi Rokfeller universitetining tanada yashovchi mikroorganizmlarni tadqiq qilayotgan olimlari kashf etishdi, — deb xabar beradi mir24.tv.

Kashfiyot ichakda yashovchi bakteriyani tahlil qilish jarayonida amalga oshirildi. Natijada olimlar mikroorganizmlarning Rhodococcus oilasiga kiruvchi yangi turini uchratdilar. So‘ng olimlar bu mikroorganizmlardan antibiotik elementlarni ajratib olishga muaffaq bo‘ldilar. Bu antibiotik elementlar gumimitsin A va gumimitsin B nomlarini oldi. Amerikalik tibbiyot xodimlari gumminitsinlar kelajakda stafilokok va streptokok bakterialari bilan kurashishda yordam berishiga ishonch bildirishmoqda.

Biroz avval britaniyalik olimlar ko‘krak sutidagi oqsil asosida antibiotik yaratishgandi.

ULASHISH