AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlikka nomzod Hillari Klintonni saylovoldi debatlaridagi g‘alaba bilan tabrikladi. Tegishli tabrikni u Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

“Hillari Klinton uchun debatlar ajoyib natija berdi — 3 va 3. Hech kim hech qachon AQSh prezidentligi lavozimiga undan ko‘ra yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rmagan edi”, — deyiladi xabarda.

Hillari Klinton va uning raqibi Donald Tramp o‘rtasidagi debatlarning uchinchi va yakuniy raundi Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi. CNN telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, tomoshabinlarning 52 foizi Klintonni, 39 foizi Trampni yoqlab chiqqan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH