Ukraina Bosh prokuraturasi Ukraina prezidenti Poroshenkoni 2013-2014 yillarda Kievda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar yuzasidan juma kuni kechqurun olti soat davomida so‘roq qildi. Bu haqda boshqa manbalarga tayanib ria.ru xabar berdi.

Poroshenko Kiyevdagi tartibsizliklar yuzasidan bir yildan beri so‘roqqa chaqirilmayotgan edi.

«So‘rov 29 noyabrda o‘tishi kerak edi, biroq so‘rov kecha 18 noyabr kuni o‘tkazildi” — deb xabar bergan Bosh prokuratura.

«Prezidentni Maydan ishi bo‘yicha olti soat davomida so‘roq qilishdi”-deb yozadi nashr.

Avvalroq, Ukraina Bosh prokuraturasi 2014-yilda Kievda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar yuzasidan hukumat a’zolarini guvoh sifatida so‘roq qilishi uchun chaqirishini e’lon qilgandi. Bundan oldin Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko Kievdagi qarshilik aksiyasi yuzasidan «Radikal partiya” yetakchisi Oleg Lyashkodan tashqari, mamlakatning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuka, IIV boshlig‘i Arsen Avakov, Milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashi kotibi Aleksandr Turchinov ham so‘roq qilinganini aytib o‘tgandi. Davlat boshlig‘i matbuot kotibi agar Poroshenkoni taklif qilishsa, u Kievdagi tartibsizliklar yuzasidan ko‘rsatma berishini xabar bergandi.

ULASHISH