AQSh prezidenti Barak Obama yaqin orada Afinaga uyushtiradigan safari davomida Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsiprasdan Rossiya harbiy-dengiz floti kemalari uchun portlarni yopishni talab qilmoqchi. Bu haqda Militaire.gr xabar bermoqda

Obamaga Gretsiyaga NATO a`zosi uchun Qrim Rossiyaning bir qismi bo’lib qolar ekan hamda Moskva Suriya prezidenti tuzumini qo’llab-quvvatlar ekan, Rossiya flotini qo’llab-quvvatlash «mutlaq noo’rin» ekanligini ochiqchasiga aytish maslahat qilindi.

Taxmin qilinishicha, greklar Ispaniya kabi yo’l tutib, Rossiya flotining grek portlariga kelishini bekor qilishlari kerak bo’ladi.

Ta`kidlanishicha, Obama dekabrda Gretsiyani Rossiyaga qarshi sanksiyalarga ovoz berish va Makedoniyaning NATOga qirishiga taqiqlovni bekor qilishni qo’llab-quvvatlashga chaqiradi, Gretsiya esa buni istamayapti.

manba: Kun.uz

ULASHISH