Gollivud aktrisasi Anjelina Joli 34 kilogramgacha ozib ketdi. Uning bo`yi uzunligi esa 169 santimetrni tashkil etadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Aktrisaga yaqin manbalarning xabar berishicha, Joli turmush o`rtog`i Bred Pitt bilan ajrashish va ularga vasiylik qilish masalalari hal etilayotgan jarayonda vazn yo`qotgan.

Ayniqsa, OAVning ma`lumot berishicha, Bred Pittning to`ng`ich o`g`li Meddoksga beshavqat munosabatda bo`lishi yuzasidan FQB tomonidan ochilgan ishning yopilishi 41 yoshli Jolini g`azabga keltirdi.

Aktrisaning azaldan ishtaha bilan bog`liq muammolari bo`lgan, biroq ajrashish jarayoni boshlanganidan so`ng u deyarli ovqatlanmay qo`ygan.

Ayni paytda Jolining yaqinlari undan xavotir olishmoqda. Aktrisa shu tariqa vazn yo`qotishda  davom etsa, u shifoxonaga tushib qolishi va venadan yuboriladigan ukollar bilan oziqlanishi mumkin.

Ma`lum bo`lishicha, ajrashish jarayoni boshlanganidan keyin 52 yoshli aktyor Bred Pitt ham to`qqiz kilogramga ozgan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH