AQSh prezidentligi uchun saylovda Donald Trampni qo’llab-quvvatlagan kishilar uning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi oldida to’planib, undan demokratlar nomzodi Hillari Klintonni qamoqqa tashlashni talab etuvchi shiorlarni ayta boshlashdi.

«Tramp tarafdori bo’lgan olomon uning kampaniyasi shtab-kvartirasi oldida Viskonsindagi natijalarga munosabat bildira boshlashdi. Miting davomida «Uning qamoqqa tashlash kerak!» kabi so’zlar yangramoqda», deya yozdi NBC telekanali muxbiri Von Xil`yard.

Tramp tarafdorlari dastlabki natijalar e`lon qilinishini diqqat bilan kuzatib turishgan. Yig’ilganlarning aksari Trampning g’alabasiga ishongandi. Trampning o’zi esa saylov natijalarini Trump Tower osmono’par binosida turib kuzatgan.

Nyu-York hukumati terakt ehtimoliga qarshi binoni metall to’siqlar bilan o’ragan, iskovuch itlar solingan yuk mashinasi keltirilgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH