Nyu-York shahrida noma’lum shaxs inkassatorlik furgonidan 1,6 million dollar qiymatdagi bir chelak oltinni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Talonchilik holati tashqi kuzatuv kameralarida qayd qilindi. Videoda aks etishicha, erkak zirhlangan mashina yukxonasiga yaqinlashib, oltin solingan chelkan olgancha bemalol voqea joyini tark etgan. Shu atrofda turgan qo‘riqchilar buni keyinroq payqagan.

Chelakda 39 kilogramm oltin bo‘lgani ma’lum. Ammo uning egasi kim ekanligi xabar qilinmayapti.

manba: Daryo.uz

ULASHISH