Norvegiyalik olimlar piraxan xalqining tilini o’rganish uchun eng murakkab til deb topishdi. Bu xalq Braziliyaning Amazonka junglilarida yashaydi.

Oslo universiteti olimlari bu qabila o’z nutqida gaplashish uchun juda ko’p hushtaksimon tovushlardan foydalanishini ma`lum qildilar. Bundan tashqari, bu tilda undosh tovushlar juda ko’p. Qabila a`zolari muayyan tovushlar to’plamini hushtak chalish orqali ifodalab suhbatlashadilar. Bu qabila a`zolari katta masofalardan turib ham gaplasha oladilar, chunki hushtak oddiy nutqdan balandroq eshitiladi.

Piraxan tilida raqamlar va ranglarni ifodalash uchun so’zlar yo’q. Ular kichik sonlarni barmoqlarida ko’rsatishadi, savdo-sotiqda esa mahsulot ayirboshlash ustunlik qiladi. Piraxanlar biror rangni ifodalash uchun shu rangdagi narsalar haqida gapirishadi. Ushbu tilda fe`llar zamonlarga ega emas.

OAV ma`lum qilishicha, bu tilda 350 ga yaqin odam gaplashadi. Bu tilning yana bir antiqa tomoni shundaki, ayollar erkaklardan ko’ra kamroq undoshlardan foydalanadilar, deb xabar bermoqda «Vechernyaya Moskva» portali.

manba: Kun.uz

ULASHISH