Yaponiyalik olimlar nonushta dasturxonida muzqaymoq mavjud bo‘lgan insonlar o‘zlarining aqllari va ziyrakliklari bilan ajralib turishar ekan, — deb yozadi The Daily Mail. Bu haqda mir24.tv xabar berdi.

Yaponiyalik olim Yosixiko Kogo ko‘ngillilarni tajriba jalb qildi. Ko‘ngillilar nonushtaga muzqaymoq yeyishlari kerak edi. Bunday nonushtadan keyin ishtirokchilardan mantiqiy testlarni yechish so‘raldi. Ma’lum bo‘lishicha muzqaymoq insonlarning reaksiyasini oshirib, ruhiy zo‘riqishni kamaytirar ekan.

Muzqaymoq yegandan so‘ng odamlarda ko‘p miqdordagi yuqori chastotali alfa-to‘lqinlar kuzatilgan. Olim bunday “yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik” sababi muzqaymoqning harorati bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi va yana bir guruhda tajriba o‘tkazdi. Endi bu guruhdagilarga nonushtaga muzdek suv taklif qilindi. Bu tajribadan so‘ng ishtirokchilarda yuqori darajadagi ogohlik va aqliy qobiliyat kuzatildi. Biroq ular ko‘rsatkichlari muzqaymoq bilan nonushta qilganlarnikidek maksimum darajaga chiqmadi.

Belarusiyada bu shirinlikning foydali ekanligi ancha oldin isbotlangan. Minsk dorixonalarida “foydali muzqaymoq“larni topish mumkin. Ular bilan shamollash qo‘rqinchli emas, ular ichak mikroflorasini me’yorlashtiradi, modda almashinuvini yaxshilaydi va eng asosiysi vazn ortishiga sabab bo‘lmaydi.

ULASHISH