Ochlik hissi organizmning iloji boricha ko‘proq quvvat zaxirasi yig‘ib olish istagi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham hatto semizlikdan aziyat chekuvchilar ham ochlikni his etishadi. Bu haqda mir24.tv Medical Daily jurnaliga asoslanib xabar beradi.

Olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ochlik hissini aniq gormonlar chaqiradi. Miya vaqti-vaqti bilan garmonlar ta’sirida organizmning doimiy uzoq faoliyati uchun ko‘proq yog‘ zaxirasi yaratishga intiladi. Agar odamda bu zaxira keragidan ortiq bo‘lsa ham organizm baribir bundan ko‘prog‘ini talab qiladi.

Ochlik hissining paydo bo‘lishiga katta mushak massasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Tana mushaklari doimiy ravishda, hatto passiv holatda ham quvvat sarflaydi. Shuning uchun ham miya bunday faol tana uchun doimiy ravishda quvvat talab qiladi.

Semizlik va ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun olimlar kuniga kichik portsiyalarda uch marta, kam-kamdan har uch soatda ovqatlanishni maslahat berishmoqda. Bundan tashqari jismoniy faollik ochlik hissini bartaraf etishga yordam beradi.

ULASHISH