Janubiy Koreyada yangi tendensiya avj olmoqda, unga ko’ra, mamlakat aholisi o’zining dafn marosimini mashq qilishi mumkin. Bu haqida The New York Times xabar berdi

Masalan, Seuldagi Hyowon Healing markazi bu borada o’z xizmatlarini taklif qiladi, markazni Dafn marosimi xizmatlari kompaniyasi moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi. Dastur bepul bo’lib, 2012 yildan buyon faqatgina Hyowon Healing markazining o’zida 15 mingcha kishi uning xizmatlaridan foydalandi.

Ularning ba`zilari bedavo dardga yo’liqqan bo’lib, shu tariqa o’limga tayyorgarlik ko’rishgan, boshqalari esa suiqasdga moyillik sezib, uning oldini olishga urinishgan, yana kimlardir ish joylarida ushbu dasturda ishtirok etishga jalb qilingan.

Dastur doirasida ishtirokchilar ma`ruza tinglashadi va xrizantemalar bilan bezatilgan zalda o’quv videosini ko’rishadi. Shundan so’ng ular vasiyatnoma yozib, tobutga yotqiziladi.

“O’zga dunyo elchisi” rolini jonlantiruvchi qora libos kiygan markaz xodimi tobut qopqog’ini yopadi. Dafn marosimi ishtirokchilari 10 daqiqalarini tobutda, to’liq zulmatda o’tkazishadi.

Bunday noodatiy tajribani boshidan kechirgan aksariyat kishilar o’zlarini yengil his qilayotganliklarini aytishgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH