1. Finlar hashamatga qiziqmaydi. Hashamat — bu degeneratlar uchun o’rta asr sharq «o’yini». «Tilla hammom»da faqat degenerat cho’milishi mumkin.

2. Finlar xalqning boshqa vakillari hisobiga boyish — o’z xalqiga bo’lgan nafratdan dalolat berishini yaxshi bilishadi.

3. Finlar byudjyet vositalarini «kesish» — bu o’z farzandlari va nevaralariga bo’lgan nafrat ekanligini yaxshi tushunishadi, zero bu yo’llardan ularning farzandlari yuradi, maktablarda ham ularning farzandlari ta`lim oladi. O’z farzandlari va nevaralaridan nafratlanish uchun inson kim bo’lishi kerak?!

4. Finlarning ishonchi komil, o’g’ri — qo’rqoq bo’ladi. U fosh bo’lishdan qo’rqib yashaydi. Bunday inson erkin yashay olmaydi, u kishi «yakkamoxov» bo’lib qoladi.

5. Finlar o’z farzandlarini biror nufuzli joyga joylash — ularga katta ziyon keltiradi, deb hisoblashadi. Inson barchasiga o’z bilimi va kuchi bilan erishmagan bo’lsa, o’ziga yomon. Faqat nodongina o’z farzandlarini kelajakda muammolarga yo’liqishi uchun zamin yaratadi.

manba: Kun.uz

ULASHISH