Xonanda Nilufar Usmonova tez kunda “Kel ikkimiz” deb nomlangan yangi qo`shiq va klipni muxlislar hukmiga havola etadi.

“Yangisidan qachon eshitamiz, deb berilayotgan savollarga javob”, deb yozadi Nilufar.

Xonandaning matbuot kotibi bergan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu tarona xonandaning turmush o`rtog`iga atalgan bo`lib, u 2 yil oldin ularning turmushlariga 10 yil to`lishi munosabati bilan sovg`a tarzida yaratilgan. Oradan 2 yil o`tib, Nilufar ushbu taronani klip bilan premera qilishga qaror qildi.

Klip rejissyor Yolqin To`ychiev tomonidan suratga olingan bo`lib, undagi bosh rollarni Shahzoda Matchonova, Shahlo Temirova hamda Sarvar Isayevlar ijro etishgan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH