Boshlovchi Farhod Alimov va xonanda Rayhonning to‘yi qachon, qayerda bo‘lishi hozircha noma’lum. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.

“Hozircha nikoh. Bilishimizcha, to‘y marosimi haqida hozircha aniq bir qarorga kelinmagan. To‘y kichik tarzda o‘tishi ko‘zda tutilmoqda”, — deb yozadi “Sayyod.com”.

Avvalroq “Sayyod.com” boshlovchi Farhod Alimov va xonanda Rayhon nikohdan o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Farhod Alimov to‘y Rayhonning xavfsizligini ta’minlash maqsadida chet elda o‘tkazilishi mumkinligini ham qayd etib o‘tgan edi.

ULASHISH