Nike kompaniyasining “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnomasi o‘z ichiga nimalarni olishi ma’lum bo‘ldi, deb yozdi “Sports.ru” The Sunday Times nashriga asoslanib.

Portugaliyalik hujumchi mazkur kampaniyadan yiliga 24 million yevro oladi. Bu esa “Real”dan topayotgan daromadi bilan deyarli bir xil. 31 yoshli futbolchi o‘zining 73 yoshiga qadar Nike’dan 1 milliard yevro sanab olishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Nike bunga qadar basketbolchilar LeBron Jeyms va Maykl Jordan bilan umrbod shartnoma imzolagandi. Ronaldu esa bu borada uchinchi bo‘ldi.

Avvalroq Krishtianu “Real” bilan shartnomasini 2021-yilning yoziga qadar uzaytirgandi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH