“Barselona” hujumchisi Neymar “Granada” himoyachisi Ruben Vezu bilan “Kamp Nou” stadionida janjallashib ketdi, deb xabar bermoqda Marca.

Voqea jamoalar o‘rtasidagi Ispaniya chempionati 10-turida, “Barselona”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda yuz berdi.

O‘yin tugab borayotgan bir vaqtda Neymar “Granada” futbolchilaridan biriga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Bundan g‘azablangan Vezu braziliyalik futbolchining xatti-harakatiga e’tiroz bildirdi va ular o‘zaro munosabatlariga aniqlik kirita boshladi. Buning oqibatida har ikki futbolchi sariq kartochka bilan jazolandi.

Futbolchilar o‘rtasidagi janjal o‘yindan so‘ng “Kamp Nou” tunnelida davom etdi. Neymar va Vezu bir-birini nomaqbul so‘zlar bilan atay boshladi, ammo tez orada har ikki jamoa futbolchilari ularni ajratdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH