«Barselona» hujumchisi Neymar 2011 yili Karolina ismli ayol bilan birga o`g`il farzandli bo`lgandi. O`shanda tug`uruqni akusher-shifokor Gerbert Kramer qabul qilgan edi.

Kelishuvga ko`ra, Neymar shifokorga 25 ming dollar atrofida xizmat haqi berishi kerak edi, deya yozadi Sports.uz. Biroq, millioner Neymar bu summa ko`p ekanini ta`kidlab pulni bermadi. Shifokor esa darhol sudga murojaat qildi.

Besh yillik surishtiruv ishlaridan keyin sud Neymar shifokorga kelishilgan summani to`lashi lozimligi haqida qaror chiqardi.

Ayni paytda Neymar Karolina bilan birga emas, aksincha birinchi muhabbati Bruna Markizini bilan munosabatlarini tiklagan.

ULASHISH