Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrini mamlakat prezidenti sharafiga Nazarboyev deb qayta nomlash haqidagi tashabbusni sinchiklab ko‘rib chiqqandan so‘ng davlat uchun zarur bo‘lgan qarorni qabul qilish lozim. Bu haqda Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev modernizatsiya bo‘yicha milliy komissiya yig‘ilishida bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.

Bayonot videosi Facebook’da e’lon qilindi.

Nazarboyev poytaxtni qayta nomlash tashabbusi parlamentdan chiqqanini alohida qayd qilib o‘tdi.

“Mana kecha parlament poytaxtga mening nomimni berishni taklif qildi. Men bu kabi takliflarni hech kimga aytmagandim”, — dedi prezident.

“Parlament — hokimiyatning mustaqil bo‘limi, u qaror qabul qilish va o‘z fikrini aytish huquqiga ega”, — qo‘shimcha qildi Nazarboyev.

manba: Daryo.uz

ULASHISH