Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Bloomberg agentligiga intervyu berdi. Unda qozoq davlati rahbari farzandlarini o’zining siyosiy merosxo’ri bo’lishiga oid savollarga oydinlik kiritdi.

Prezidentning yodga olishicha, hokimiyatni topshirish jarayoni Qozog’iston Konstitutsiyasida yozib qo’yilgan. Shu bois, u asosiy qonunga binoan amalga oshadi. Uning so’zlariga ko’ra, farzandlaridan biroriga hokimiyatni topshirish masalasi «ular uchun emas».

Nazarboyevning ta`kidlashicha, prezidentlar ko’pi bilan ikki marta besh yildan saylanadi. Elboshining qayd etishicha, u barcha o’ylagan narsalarini amalga oshirish uchun kuch-quvvatga to’la.

«Men 2020 yilgacha ishlayman. Siz bilan 2020 yilda ko’rishamiz», — degan prezident Nazarboyev jurnalistga murojaat qilib va kulib qo’ygan.

Eslatib o’tamiz, 2015 yil 26 aprelda Qozog’istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo’lib o’tgan edi. Unda 95 foiz ovoz to’plagan Nazarboyev yana besh yillik muddatga prezident etib saylangandi. Uning vakolat muddati 2020 yil aprelida poyoniga yetadi.

manba: Kun.uz

ULASHISH