Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida so‘nggi — 30-turning 5 ta o‘yiniga yakun yasaldi. Unga ko‘ra “Andijon” futbol klubi kelasi mavsumni 1-ligada o‘tkazadigan bo‘ldi.

O‘zi kabi qil ustida turgan “Navbahor”ni qabul qilgan “Andijon” 1:0 hisobida zafar quchganiga qaramay, elita bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona gol 30-daqiqada Ro‘zimboy Ahmedov tomonidan urildi. Ma’lumot uchun, qolgan 60 daqiqa davomida andijonliklar yana 1 ta gol urganida ham Namangan klubi o‘z tarixida ilk bor Oliy Liga bilan xayrlashardi.

Ammo bu hali hammasi emas. 28-noyabr kuni “Navbahor” Oliy Ligadagi o‘rnini saqlab qolishi uchun viloyatdoshi bo‘lgan “Norin”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Bellashuv TTYMI stadionida 13:00 da start oladi.

“Paxtakor” va “Obod” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisida g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Qo‘lga kiritilgan 1 ochko Oliy Liga debyutanti bo‘lgan “Obod”ni elitada saqlab qoldi.

30-turning yana uch o‘yini 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
30-tur bellashuvlari
22-noyabr, seshanba

“Paxtakor” — “Obod” 1:1

Gollar: Pavel Solomin, 22 (0:1). Jamshid Iskandarov, 42 (1:1).

“Qo‘qon—1912” — “Olmaliq” 2:1

Gollar: Temur Usmonov, 18 (0:1). Suhrob Berdiyev, 40 (1:1). Javohir Sidiqov, 53 (2:1).

“Qizilqum” — “So‘g‘diyona” 3:1

Gollar: Nemanya Yovanovich, 11 (1:0). Nemanya Yovanovich, 25 (2:0). Vohid Shodiyev, 33-pen (3:0). Ixtiyor Toshpo‘latov, 85 (3:1).

“Metallurg” — “Neftchi” 1:0

Gol: Dilmurod Karimov, 19 (1:0).
Noaniq penaltilar: Zohid Abdullayev, 54 (M). Ayubxon No‘’monov, 76 (M).
Chetlatish: Jahongir Mehmonov, 76 (N).

“Andijon” — “Navbahor” 1:0

Gol: Ro‘zimboy Ahmedov, 30 (1:0).

23-noyabr, chorshanba
“Buxoro” — “Sho‘rtan”
“Nasaf” — “Mash’al”
“Bunyodkor” — “Lokomotiv”

manba: Daryo.uz

ULASHISH