NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Trampga The Guardian nashri sahifalari orqali murojaat qildi

«Biz xavfsizligimiz uchun butun bir avlod davomidagi eng yirik chaqiriqlar oldida turibmiz. Hozir Yevropa va AQSh o’rtasidagi hamkorlikning qadriyatlarini shubha ostiga qo’yadigan vaqt emas», deb aytdi Stoltenberg.

Tramp saylov kampaniyasi davomida NATOni «eskirib qolgan tashkilot» deb atagan va uning a`zolariga alyans oldidagi majburiyatlari – mudofaaga xarajatlar qismi bo’yicha byudjyet talablarini bajarishi zarurligiga ishora qilgan. Trampning bu gaplaridan keyin AQShda u alyansning jamoaviy mudofaasi konsepsiyasiga nisbatan shubha bilan qarashi haqidagi fikr paydo bo’lgan.

Stoltenbergning aytishicha, oxirgi yillarda «tajovuzkor Rossiya» hamda Yaqin Sharq va Afrikadagi beqarorlik tufayli xavfsizlik bilan vaziyat «fojiali ravishda yomonlashgan». Bu chaqiriqlarga sovuq urushi davridan beri jamoaviy mudofaani eng katta miqyosda kuchaytirilishi javob bo’ldi va bunda AQSh Yevropaning sharqida qurollangan brigadani joylashtirib, Yevropa xavfsizligini himoyalashga sodiqligini tasdiqladi, deb ta`kidlab o’tdi Stoltenberg.

Stoltenberg hamkorlikning mustahkamligi NATO a`zolari orasida javobgarlikning adolatli taqsimlanishiga bog’liqligini tan olgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH