Afg‘onistonlik qochoq ayol Sharbat Gulani Pokistondan o‘z vataniga qaytarib yuborishdi, deb yozadi TJournal. 8-noyabr kuni National Geographic jurnalidagi mashhur surat qahramoni Torxam chegara punktiga keltirildi va Afg‘oniston vakillariga topshirildi.

9-noyabr kuni Sharbat Gula Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashdi. Ashraf G‘ani unga yangi xonadon kalitini topshirdi, shuningdek, Gulaning oila a’zolari ta’limi va salomatligi haqida qayg‘urishga va’da berdi. Kobul ko‘chalariga qochoq ayolning Afg‘onistonga qaytganini sharaflovchi bilbordlar o‘rnatildi.

Avvalroq Sharbat Gula qalbaki hujjatlar sabab Pokistonda hibsga olingani, u 14 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Gula 1984-yili, uning surati National Geographic jurnali muqovasida bosilib chiqqanidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. O‘sha vaqtda u Afg‘onistondagi qochoqlar lagerida yashar edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH