NASA koinot atgentligi Yerga yaqinlashib kelayotgan yirik meteoritlar haqida 5 kun avval ogohlantirishga imkon beruvchi tizim yaratdi. NASA’da aytilishicha, bu tizim meteorit qulashi joyida tegishli xavfsizlik choralarini ko’rishga imkon beradi, deb xabar bermoqda Universe Today.

Xabarda aytilishicha, odamlar o’zining 225 ming yillik mavjudligi davomida sayyoramiz yonidan xavfli yaqinlikda uchib o’tgan asteroidlar sababli yo’q bo’lib ketishlari mumkin bo’lgan va hattoki buni bilmaganlar.

Scout nomli yangi tizim Yerga yaqinlashayotgan istalgan asteroidni anqlash va bu haqda Yer aholisini 5 kun avval ogohlantirishga imkon beradi. Bundan tashqari, tizim samo jismi qayerga qulashi va buning oqibatlarini hisoblab chiqishni kafolatlaydi.

Scout 2016 yil oktabr oxiri va noyabr boshida sinovdan o’tkazildi. Gavayida joylashgan PAN-STARRS avtomatik teleskopidan foydalanagan holda Yerga 2016 UR36 asteroidi yaqinlashishidan 5 kun avval uni aniqlagan.

Tizim samo jismining diametrini (5 metrdan 25 metrgacha) va u yerga yaqinlashadigan masofani hisoblab chiqa olgan, bu masofa Oydan Yergacha masofaning 1,3 barobariga teng kelgan.

NASA’ning aytishicha, 5 kun unchalik katta muddat bo’lib tuyulmasada, bu kunlar asteroid qulaydigan joydan odamlarni evakuatsiya qilishga va ziyonlarni minimallashtirish uchun infratuzilmaning muhim ob`yektlarini (misol uchun, atom elektr strantsiyalari) o’chirishga imkon beradi.

Olimlar 2013 yilda Ural osmonida portlagan Chelyabinsk meteoritini bunga misol tariqasida keltirdilar. Ularning aytishicha, agar bolid havoda parchalanib ketmay, yerga qulaganda o’shanda jarohatlanganlar soni 1,5 ming kishi emas, balki talofatlar ko’proqni tashkil qilishi mumkin edi. Besh kunlik imtiyoz esa jiddiy talofatlardan qutulib qolishga yordam bergan bo’lardi.

manba: Kun.uz

ULASHISH