Amerikaning aerokosmik agentligi «Magellan” zondi yordamida Venerada hajmi hayratlanarli darajadagi qurilish obyektlari borligini tasdiqlovchi sur’atlar olishga muvaffaq bo‘linganligini e’lon qildi. Ufologlarning fikricha bu o‘zga sayyoraliklarning koloniyalari bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida Venerada qachonlardir o‘zga sayyoraliklar yashaganini tasdiqlaydi, deb xabar beradi Tsargrad.tv.

Olingan sur’atlarda 10 uydan iborat, katta o‘lchamdagi bir necha majmualarni ko‘rish mumkin. Ekspertlar obyektlarning sun’iy ekanligini va ular o‘zga sayyoraliklarning turar joyi bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Ufologlar (noma’lum uchar jismlar va unga bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchilar) esa NASA Venerada uy-joylar borligini azaldan bilganini, lekin buni sir saqlab kelganini aytishmoqda. Ularning fikricha uy-joy majmualari Veneraning turli hududlarida joylashgan bo‘lib, ularning barchasi bir xil shakl va o‘lchamga ega.

ULASHISH