“Napoli” o‘z maydonida Kiyev “Dinamo”sini yenga olmadi, “Beshiktosh”dan dahshatli kambek (video)

Yevropa Chempionlar Ligasining “B” guruhida so‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa nomi aniq bo‘lib ulgurdi. “Napoli” maydonida ochko olganiga qaramay, Kiyevning “Dinamo” klubi xalqaro maydondan chetda qoladigan bo‘ldi.

beshiktash_benfika-680x454

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi esa 5-turdan keyin ham mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. O‘z maydonida “Benfika”ni qabul qilgan jamoa 3 ta gol farqi bilan ortda bora turib, yakunda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Qiziq tomoni, “Beshiktosh” guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlab ham, navbatdagi bosqichdan quruq qolishi mumkin. So‘nggi turni turk klubi Kiyevda o‘tkazadi. 8 tadan ochkoga ega bo‘lib turgan “Napoli” va “Benfika” klublari Portugaliyada to‘qnash keladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“B” guruhi. 5-tur
23-noyabr, chorshanba

“Beshiktosh” — “Benfika” 3:3

Gollar: Gonsalu Gedesh, 10 (0:1). Nelson Semedu, 25 (0:2). Lyubomir Feysa, 31 (0:3). Jenk Tosun, 58 (1:3). Rikardu Kuarejma, 83-pen (2:3). Vensan Abubakar, 89 (3:3).

“Napoli” — “Dinamo Kiyev” 0:0

b-2

manba: Daryo.uz

ULASHISH