Toqqa dam olish uchun chiqqan bir guruh fuqarolar orasidagi o’rta yoshli yigitning xatti-harakatlari bu yerda xizmat vazifasini bajarayotgan Namangan viloyati IIB tog’li hudud bo’yicha jinoyat qidiruv bo’limi katta tezkor vakili, mayor Nodir Mirzayevda shubha uyg’otdi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Tun yarmida yigit kim bilandir uchrashgani yo’lga chiqadi. Uning ortidan mayor ham kuzatib boradi. U chodirdan ikki yuz qadamlar uzoqlikda tog’dan tushib kelgan bir kimsa bilan uchrashadi. U yigitning qo’liga bir qopda narsa berib, o’zi ham uning qo’lidan noma`lum narsa olib ortiga qaytadi. Yigit esa qo’lidagi yuklarni toshlar orasiga berkitib, ortga qaytadi.

Mayor N.Mirzayev vaqtni qo’ldan boy bermay “tungi mehmon”ni qo’lga oladi.

Endi u yigitni qo’lga tushirish uchun vaqt poylaydi. Ertasiga haligi yigit kelib, yuklarini toshlar orasidan olayotgan vaqtda ichki ishlar organi xodimi tomonidan qo’lga olindi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlariga uning shaxsini aniqlash qiyin kechmadi. Ma`lum bo’lishicha, Pop tumanida yashovchi yigirma besh yoshli K.M turli yot oqimlarga berilib, o’zi singarilar bilan ancha vaqtdan buyon aloqa qilib yurgan, qo’shni respublikada yashovchi hamtovog’i “sovg’a” qilgan qopda esa O’zbekistonda taqiqlangan turli xildagi noqonuniy kitoblar, disklar bor ekan.

Jinoyatchiga qilmishiga yarasha jazo berildi.

ULASHISH