Namangan viloyati Namangan tumanida noma`lum haydovchi avtomashinani Nurafshon qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, yo`lni kesib o`tayotgan yo`lovchi ayolni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati. 

Jabrlanuvchi olgan jarohati tufayli vafot etgan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu yo`l-transporti hodisasini mahalliy aholiga mansub, 20 yoshli shaxs o`zining «VAZ-2106» rusumli avtomashinasida sodir etgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

ULASHISH