“MYu” muxlislari Mourinyoni iste’foga chaqiruvchi bannerni stadion uzra samolyotda uchirish uchun pul yig‘moqda

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi muxlislari klub bosh murabbiyi Joze Mourinyoni iste’fosiga chaqiruvchi bannerning “Old Trafford” stadioni uzra samolyotda uchirilishini tashkil qilish uchun pul yig‘moqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

daily-mail-1

Twitter’da portugaliyalik murabbiyning iste’fosini chaqiruvchi Get Mourinho Out (yo‘qol Mourinyo) nomli maxsus akkaunt ham yaratildi. Samolyotga mahkamlanadigan bannerda “Mourinho Out” (Ket Mourinyo) yozuvi bo‘ladi. “Har qanday moddiy yordam ma’qullanadi”, – deyiladi Twitter’dagi xabarda.

2014-yilda “MYu” muxlislari jamoani shotlandiyalik mutaxassis Devid Moyes boshqarganida “Aston Villa”ga qarshi uy uchrashuvida stadion uzra “Wrong one – Moyes out” (Sen u emas, Moyes ket) yozuvli bannerni samolyotda uchirilishini tashkil qilgan edi.

daily-mail1

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliya chempionati 10-turidan so‘ng 15 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH