Biror narsaga erishishni qattiq istasang va unga erishi uchun barcha narsani qilsang, unda unga albatta erishasan. Ko‘proq faol bo‘lish, yaxshi natijaga yetaklaydi. Hozirgi kun odamining dunyoqarashi mana shu fikrga asoslangan. Baxtga qarshi bu nazariya har doim ham o‘zini oqlamaydi. Ko‘pincha biz o‘zimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lmagan maqsadlarimizga osonlikcha erishamiz, biroq qattiq istaganimizga erisha olmaymiz. Omadga erishish motivatsiya darajasiga qanchalik bog‘liq ekanligini m24.ru keltirib o‘tdi.

Bundan 100 yil oldin amerikalik ikki psixolog — Robert Yerks va Jon Dodson bu masalaga yechim topgan edilar. 1908-yilda ular dastlab sichqonlarda, keyin esa odamlarda tajriba o‘tkazishdi.

photo_2016-11-29_12-37-02

Sichqonlarda tajriba quyidagi tarzda o‘tkazildi: Hayvonlar labirintdan chiqish yo‘lini topishlari kerak edi. Ularni u yerda qarama-qarshi jins vakili kutib turar edi. Agar kemiruvchi adashsa, uni elektr toki bilan beriladigan jazo kutar edi. Vazifa qiyinlik darajasiga qarab uchga bo‘linar, jazolar ham qiyinlik darajasiga mutanosib tarzda uchta: zaif, o‘rta va kuchli razryadli edi.

Birinchi qarashda, yuqori razryadli tok kuchi bilan jazolanganda sichqon labirintdan chiqish yo‘lini topishga ko‘proq harakat qilishi kerakdek ko‘rinadi. Biroq amaliyot buni isbotlamadi. Zaif razryadli tok kuchi sichqonlarni chiqish yo‘lini izlashiga kam turtki berardi. Yuqori razryadli tok bilan jazolash esa ularni bosim ostiga tushirib qo‘ydi. Aynan o‘rta razryadli tok kuchi sichqonlarga vazifani tezroq bajarishga yordam berdi.

Ko‘plab izlanishlar va tajribalar natijasida olimlar psixologiyada motivatsiya qonuniga aylanib qolgan ikki xulosaga kelishgan:

1. Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘rta darajadagi ya’ni optimal motivatsiya kerak

Motivatsiyaning yuqori darajasi muvaffaqiyatga erishishga yordam berish o‘rniga, aksincha bunga xalaqit beradi. Biz hayotda biror narsaga erishishni hoxlasak va u haqida qanchalar ko‘p o‘ylasak, istagan natijamizga erishish shunchalar qiyinlashadi. Lekin past darajadagi qiziqish, o‘ta xotirjamlik va e’tiborsizlik ham ishga putur yetkazadi. Har bir ish uchun o‘rta darajadagi optimal motivatsiyani qidirish kerak.

2. Qiyin vazifalarni bajarish uchun past darajadagi motivatsiya kerak

Olimlar oson vazifalarni bajarish uchun yuqori motivatsiya kerakligini, bo‘lmasa ish bajaruvchi ishga bee’tibor bo‘lishi va ko‘p xato qilishlarini isbotlashdi. Murakkab vazifalarni bajarish uchun esa odam xotirjam va qiziqishi kamroq bo‘lishi kerak. Shunda hayajon va omadsizlikka uchrash haqida bezovtalik to‘g‘ri fikrlashga va yechim topishga xalaqit bermaydi.

ULASHISH