Xonanda Munisa Rizayevaning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan fikrlari xonandaning aksariyat kuzatuvchilari e’tiborini tortdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Munisaning tushkun kayfiyatdagi so‘zlari uning muxlislarini bee’tibor qoldirmadi.

“Mangulik… Negadir doimo endi topdim deganimda juda tez yo‘qotdim. Do‘stlarimga qolmadi ishonch, faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko‘tarilib suvning asl ko‘rinishini ifloslantirganidek, ba’zi bir do‘stlar ham niqobini vaqt o‘tgan sayin yechib o‘zlarini aslida mangu qanday bo‘lganliklarini oshkora ko‘rsatishadi. Yuragimga kamon o‘qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do‘stlarim tomonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo‘lgan munosabatimni minnat qilmayman-u, ammo ma’lum bir vaqt o‘z qadrimga shunchalar achindimki, bu meni mayda molekula zarralari singari parchalab yubordi…Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim!!!”,—deb ifodalaydi Munisa afsus-nadomat aks etgan ruhiy holatini.

Mazkur postga yozilgan izohlardan birida Munisaning muxlisi undan qachon turmushga chiqishini so‘ragan. Mazkur savolga javoban u: “Peshona!!! Alloh o‘zi biladi qachon, nima, qanaqa! Siz o‘zingizning hayotingizga qarab yuring, iltimos!!! Bu mening hayotim, sizniki emas!!!”,—deya javob berdi.

ULASHISH