«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyoga FA tomonidan hakam sha`niga aytilgan so’zlari uchun rasmiy ayblov e`lon qilindi. Bu haqda assotsiatsiya saytida ma`lum qilingan.

FA mutaxassisga Angliya chempionati 8-turida «Liverpul» — «MYu» o’yinida ishlagan hakam Entoni Teylor haqida aytgan gaplari uchun javobgarlik yuklamoqchi. 17 okyatbr kuni o’tkazilgan bu o’yin 0:0 hisobida yakunlangan, Mourinyo hakamning ishiga baho beraturib, u bosim ostida qolganini aytgandi.

«Janob Teylor – yaxshi hakam, biroq kimdir unga aniq maqsadlar bilan bosim o’tkazmoqda. U yaxshi hakamlik qilolmasa kerak» — degan edi Mourinyo.

Daily Mail xabariga ko’ra, bu gaplari uchun Mourinyo FA tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.

31 oktabrgacha Mourinyo ayblovga javob qaytarishi kerak bo’ladi.

ULASHISH