Moto M smartfonining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Lenovo kompaniyasi Xitoyda yangi Moto M smartfonining taqdimotini o‘tkazdi. Kumush va tilla rangli metallik korpusdagi modelning texnik tavsifi yuqori bo‘lishi barobarida uning narxi ham qimmat emas, deb xabar qiladi “Hi-Tech.Mail.ru”.

1-22-680x373

Smartfonning ko‘rsatkichlari anonsdan oldinroq ma’lum bo‘lgan edi, shu bois taqdimot kutilmagan yangiliklarga boy bo‘lmadi. Faqatgina chipset farqlanishi ma’lum bo‘ldi — smartfon kutilgan MediaTek Helio R10 o‘rniga P15 protsessoriga ega bo‘lib chiqdi.

2-3-680x345

Bundan tashqari, Moto M Micro-USB o‘rniga USB Type-C portiga ega bo‘ldi. Smartfon korpusi P2i nanoqoplamasiga, shuningdek, yomg‘ir va suv tomchilaridan himoyaga ega.

3-21

Xitoyda Moto M 11-noyabrdan sotuvga chiqadi. Uning narxi 1999 yuanni (295 dollar) tashkil etadi.

4-17

 

Texnik tavsif

Chipset: 8 yadroli MediaTek Helio P15, 2,2 GGs chastotali, grafika — Mali-T860MP2

Operativ xotira: 4 Gb

Doimiy xotira: 32 Gb

Ekran: 5,5 dyuym, 1920×1080 nuqta

Asosiy kamera: 16 Mp, fazali avtofokus

Frontal kamera: 8 Mp

Akkumulyator: 3050 mA/soat, USB Type-C orqali tez quvvatlantiriladi

Barmoq izlari skaneri: orqa qopqoqda

Akustika: Dolby Atmos

Aloqa: SIM-karta uchun ikkita slot, 4G LTE

Operatsion dastur: Android 6.0 Marshmallow

Korpus: metal

Ranglar: kumushrang, tillarang

manba: Daryo.uz

ULASHISH