IShID jangarilari Iroqning Mo’suli markazida 30 nafar odamni elektr tok bilan qatl etdi. Bu haqda «As-Sumariya» telekanali xabar bermoqda.

Terrorchilar qurbonlarni hukumat kuchlari bilan hamkorlik qilishda ayblagan.

Mo’sulni jangarilardan ozod qilish bo’yicha operatsiya 17 oktabrdan beri davom etmoqda. Unda iroqlik harbiylar, mahalliy qo’shinlar, «peshmerg» kurd tuzilmasi hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya harbiy samolyotlari ishtirok etmoqda.

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma`lumotlariga ko’ra, operatsiya boshlangandan keyin shaharning 40 mingdan ko’proq aholisi o’z uylarini tark etishga majbur bo’lgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH