Bugun tunda Moskvadan Namangan shahriga uchayotgan samolyot Qozon aeroportiga favulodda qo`nishni amalga oshirdi.

Rossiyaning Tatarston bo`yicha FVV bosh boshqarmasi rahbari Andrey Rodiginning xabar berishicha, favqulodda qo`nish yo`lovchilardan birida qon ketish sababli sodir bo`lgan.

“Moskva vaqti bilan soat 02:14 da Qozon aeroportida A321 aerobusi majburiy qo`nishni amalga oshirdi. 1992 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosining og`zidan qon ketish boshlandi”, — deya xabar beradi RIA Novosti Rodiginning so`zlarini.

Matbuot xizmati rahbarining so`zlariga ko`ra, yigit Tatarston Respublika klinik shifoxonasiga yetkazilgach samolyot o`z yo`nalishida davom etgan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH