Rossiyaning Moskva viloyatidagi tirda 27 yoshli qiz tasodifan travmatik quroldan boshiga o‘q uzdi. U olingan jarohat oqibatida o‘sha joyning o‘zida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Tergov qo‘mitasining Moskva viloyatidagi boshqarmasi aniqlik kiritishicha, hodisa 5-noyabr, shanba kuni ertalab sodir bo‘lgan, biroq bu haqda OAVga endi ma’lum bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qiz tanishi bilan o‘rmonda joylashgan tirga borgan va bu yerda travmatik quroldan ehtiyotsizlik bilan foydalanish tufayli o‘lim holati yuz bergan.

Hozirda mazkur hodisa bo‘yicha boshqarmaning Voskresensk shahar bo‘limi tomonidan tergovdan oldingi tekshiruv olib borilmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH