Misrning qadimshunoslik ishlari bo‘yicha vazirligi tarixiy Yuqori Misr hududidan qadimiy shahar va qabriston topilganligini ma’lum qildi, — deb yozadi Frans Press. Bu haqda aif.ru xabar berdi.

Arxeologlar topilgan shahar va qabriston eramizdan oldingi 5316 yilda barpo etilganligini taxmin qilishmoqda. Qadimshunoslik ishlari bo‘yicha vazir Mahmud Afifining so‘zlariga ko‘ra shahar Abidos shahridagi Seti I maqbarasidan 400 metr masofada topilgan.

Qazilma joyidan chinni va tosh buyumlar, kulbalar topildi. Bundan tashqari arxeologlar muhim kishilarga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan 15-ta yirik qabr topishgan.

«Bu topilma Abidos tarixi haqida juda ko‘p narsalarni ochib berishi mumkin”, — dedi Afifi.

ULASHISH